Kabutarlar haqida qiziqarli malumotlar

Ushbu maqolamiz orqali sizlarga kabutarlar haqida eng sara qiziqarli faktlar va malumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ushbu malumotlar sizni yanada hayratga soladi deb umid qilamiz.

Kabutarlar haqida qiziqarli malumotlar

1 — Kabutarning ko’zlari bir soniyada 75 ta kadrni qabul qilib oladi. Odamning ko’zlari esa bir soniyada atigi 24 ta kadrni qabul qiladi.

2 — Ikkinchi jahon urushi yillarida – muhim xabarni yetkazish uchun kabutardan foydalanishgan.

3 — Necha yuz yillar davomida xat tashuvchi kabutarlar odamlarga xizmat qilgan. Endilikda radio va telegraf, poyezd va samolyotlar har qanday manzilga xabar yetkaza oladigan bizning zamonda xat tashuvchi qushlar xizmatiga hojat qolmadi.

4 — Yoshi ulug’ kabutarning patlari soni 10 mingtadan oshadi.

5 — U soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Yirtqich qushlar haqida qiziqarli faktlar

6 — Yer yuzida kabutarlarning 300 tadan ko’proq turi mavjud.

7 — Kabutarlar boshqa xizmatlari bilan mashhur; ular juda uzoq, hatto 500 kilometr va undan ham olis manzilga adashmay yo‘l topib bora oladi.

8 — Erkak va urg’ochi kabutar poloponlarni dunyoga keltirgach, ular to kuchga to’lib mustaqil hayot kechira olguncha parvarish qiladi, boqadi, tashqi xavflardan himoya qiladi. Afsuski, bu poloponlar bir kun kelib voyaga yetadi-yu, ota-onasini butkul unutadi.

Kabutarlar yigirma yil yashaydi

Kabutarlar yigirma yil yashaydi

9 — Kabutar o’rtacha 20 yil umr kechiradi.

10 — Ikkinchi jahon urushi davrida kabutarlarning aksariyati aloqachi sifatida faoliyat yuritayotib, halok bo’lgan. Ayrimlariga o’limidan keyin jasurlik ordeni ham taqdim etilgan.

11 — Kabutar hayoti davomida faqat bir marta juft tanlaydi va jufti o’lim topgan taqdirda ham boshqasiga qaramaydi.

12 — Kabutar odamlarning yuz tuzilishini eslab qolishda ham qarg’alardan sira qolishmaydi. Masalan, o’zini ranjitgan odamni eslab qoladi-yu, hayotda qaytib o’sha odamning qarshisida paydo bo’lmaydi.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

13 — Yaponiyada hatto tunda uchish qobiliyatiga ega bo’lgan yangi zotli kabutarlar yetishtirishdi: uning afzal tomoni shundaki, dushman uni ko’rmaydi va otib tushira olmaydi, kunduzi uchadigan yirtqich qushlar unga hujum qilolmaydi.

14 — Kabutar suti bo’ladimi? Bu savolga, albatta, yo‘q deb javob berasiz. Axir qush suti afsonaviy ertaklarda aytiladigan anqoning urug’idek gapku, deyishingiz mumkin. Lekin xoh ishoning, xoh ishonmang, qush suti bor narsa.

Kabutar ming kilometrgacha yo’l bosadi

Kabutar ming kilometrgacha yo'l bosadi

15 — Bir kecha-kunduzda kabutar ming kilometrgacha yo’l bosa oladi.

16 — Kabutar go’shti tovuq go’shtidan 5-6 marta to’yimliroq va mazaliroq.

17 — Kabutarlar tuxumidan jo‘ja ochib chiqqanidan keyin buqog’ida quyuq sut yoki suyuqroq suzmaga o’xshash modda yig’iladi. Mana shu «sut» bilan jo’jalarini boqadi.

18 — Kabutarning ko’rish imkoniyatlari keng. Ko’zlari ham xavfdan yaxshi himoyalangan. U Quyoshga tik qarab tura oladi.

Parrandalar va qushlar haqida sherlar

19 — Biolog olimlarning ta’kidlashicha, kabutarlar yuzlab yillar oldin Mavrikiya hududida yashab, keyinchalik qirilib ketgan «Dodo» qushining yaqin qarindoshi ekan.

20 — Dunyo bo’yicha kabutarlarga qo’yilgan yodgorliklar o’ttiztadan ortiqni tashkil etadi.

21 — Kabutarning xotirasi hid va landshaftga asoslangan. Bundan tashqari, u quyosh yordamida ham mo’ljalni aniq ola biladi.

  1. mehriddin:

    kaptarlar qanday uchadi

  2. Valijon:

    Hamma qushlar qanaqa uchadi xuddi oʻshando uchadi

  3. Bekjan:

    Kabutarlar haqida judayam yaxshi faktlar bor ekan. Bilmagan narsalarimni bilib oldim, katta rahmat.

    • Xurshida:

      Judayam qiziqarli ma’lumotlar berilgan ekan rahmat, ammo bitta savol bor, kabutarlar yig’lasa Nima bo’ladi?

  4. Behzod:

    Kabutarlar ha u muhabbat ramzi sanaladi faqat bir bor juft tanlaydi juftiga hiyonat qilmaydigan yagona qush, so’ngi umidimiz Ollohdan.

  5. Shaxzrizoda:

    Kabutarlar haqida juda foydali va qiziqrli malumotlar bor ekan.

  6. Shahnoza:

    Yaxshi lekin yanada kengroq fikr bersalaring maqsadga muvofiq bo‘lardi menimcha.

  7. Shoxista:

    Siz bergan ma’lumotlar odamlarning bilmini kuchaytiradi. Sizlar bundanam ko’p ma’lumotlarni internetga joylashtiring, shunda odamlarning bilmini kuchaytirishga yordam bergan bo’lasiz.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *