Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday

Aktyor va artistlarning ekrandagi va sahnadagi ismlari o‘zlarining asl ismlaridan farq qilishi oddiy hol ekanligini hamma biladi.

Ba’zi mashhurlar quloqqa erish tuyuladigan, esda qolmaydigan yoki shunchaki jonlariga tekkan o‘zlarining asl ismlarini qo‘lqop kabi almashtirishga o‘rganib qolganlar, ba’zilari esa, aksincha, o‘zlariga bir marta nom tanlab, umrbod unga sodiq qoladilar. Bunga misollar juda ko‘p.

mashxur insonlarning asl ismlari

Hamma ham tug‘ilganida jarangdor ism-sharifga ega bo‘lish baxtiga muyassar bo‘la olmaydi, shuning uchun zamonamizning mashhur kishilaridan ba’zilari ularga tug‘ilganlarida berilgan ism-shariflarini jarangdorroq ism-shariflarga o‘zgartirib olganlar.

Misol uchun, Maykl Kiton, Natali Portman, Mila Kunis, Kristofer Uoken, Jeymi Foks – bularning barchasi o‘ylab topilgan ismlardir.

Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi

Quyida ism-shariflarini o‘zgartirgan mashhur insonlarning asl ismlari va uni o‘zgartirishga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot beramiz.

Maykl Kiton (Maykl Duglas)

Bir necha kun oldin “Oltin globus” marosimida “Berdmen” filmidagi roli uchun “Oltin globus” sovrinini qo‘lga kiritgan Maykl Kiton aktyorlik faoliyatini o‘zining asl ismi Maykl Duglas bilan boshlaganini ilk bor ommaviy tarzda tan oldi.

Aktyor o‘z faoliyatining boshida familiyasini o‘sha paytda shunday ismga ega bo‘lgan boshqa aktyor – Maykl Duglas allaqachon mashhur bo‘lgani uchun o‘zgartirishga qaror qilgan.

Shu tariqa Maykl Kiton ismi paydo bo‘lgan va aktyor komik Baster Kitonga havas qilgani uchun uning familiyasini olishga qaror qilgan.

Mila Kunis (Milena Markovna Kunis)

Kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan Milena Markovna Kunis o‘z ona yurtini 7 yoshida tark etib, oilasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. Qizchaning ota-onasi uni mahalliy aktyorlik mahorati maktabiga o‘qishga berganlar.

U yerda unga qiyin talaffuz etiladigan slavyan ismidan voz kechishni taklif qilishgan va aynan shu holat Milaga juda qo‘l kelgan. U o‘z ismini o‘zgartirgandan so‘ng ikki yil o‘tib, Gollivuddagi filmlarda suratga tusha boshlagan.

Hozirda esa Mila dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalardan biri hisoblanadi.

Xoakin Feniks (Xoakin Rafael Bottom)

Xoakin Feniks juda katta oiladan bo‘lib, uning oilasi tashvishlar va ko‘ngilsizliklardan boshi chiqmasdi.

Xoakinning ota-onasi Jon Li va Arlin Bottomlar “Xudo bolalari” degan diniy oqimga tegishli bo‘lganlar va bir-birlari bilan aynan oqimdagi missionerlik faoliyatlari davomida uchrashib qolishgan.

Aynan shu faoliyatlari davomida ular o‘z asl familiyalarini Feniks familiyasiga o‘zgartirishga qaror qilganlar, bu ular uchun barcha narsani boshidan boshlashni anglatgan.

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

Riz Uizerspun (Laura Jin)

Oskar mukofoti sovrindori Uizerspunning familiyasi uning onasi va buvisining qizlik familiyalarining birlashmasidan iborat.

Keti Perri (Ketrin Xadson)

Qo‘shiqchi pop musiqa ijro etishdan oldin, o‘zining asl ismi bilan gospel (xristian dinidagi musiqa turi) janrida qo‘shiq aytib yurgan.

Diniy kechinmalarini jilovlab olganidan keyin, qo‘shiqchi o‘zining familiyasini onasining qizlik familiyasiga o‘zgartirgan va shu ism ostida butun dunyoga tanilgan.

Kristofer Uoken (Ronald Uoken)

Aktyorning rasmiy biografiyasiga ko‘ra, uning ismi mashhur aktyor Ronald Kolmanning sharafiga shunday qo‘yilgan ekan.

Aktyor o‘z ismini Kristoferga almashtirishga turtki bo‘lgan sabablar haqida hech nima demagan, biroq u yaxshi jaranglaydi.

Natali Portman (Natali Xershlag)

Natali 1981 yilda Quddus shahrida isroillik shifokor Anver Xershlag va amerikalik Sheyla Stivensning oilasida tug‘ilgan.

AQShga ko‘chib o‘tgach, Natali o‘zining yahudiy familiyasidan voz kechib, Portman familiyasini olgan. U hanuzgacha ikkita davlat – Isroil va AQSh fuqarosi sanaladi.

Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

Vupi Goldberg (Kerin Eleyn Jonson)

San-Diego shahridagi teatrlardan birida ijod qiluvchi Kerin Eleyn Jonson ismli yosh aktrisani meteorizm (oshqozon dam bo‘lishi) bilan bog‘liq muammolari uchun ko‘pchilik Vupi deb atardi (vupi – hazilomuz yostiqcha bo‘lib, unga biror odam o‘tirganda, xuddi yel chiqarkandek ovoz chiqargan).

Goldberg familiyasi esa o‘tgan asrning 80-yillarida kino sohasida faoliyat yuritgan ko‘pchilik yahudiy prodyusserlarga yaqin bo‘lish uchun shunday tanlangan.

Mayli Sayrus (Destini Xoup Sayrus)

Maylining otasi uni yoshligida “Smayli” deb chaqirar edi, aynan shu nom qo‘shiqchining ijodiy taxallusi uchun asos bo‘ldi. Biroq o‘zining “taqdir va umid” deb tarjima qilinuvchi Destini Xoup ismi ham chakki eshitilmaydi.

Julianna Mur (Juli Smit)

Aktrisa o‘z intervyularida o‘ziga taxallus qidirishda juda ham qiynalganini ko‘p marotaba gapirib bergan. Buning uchun u ota-onasining hujjatlarini titkilashiga to‘g‘ri kelgan va hujjatlardan birida otasining ikkinchi ismi Mur bo‘lganini aniqlagan. O‘zining Juli ismiga onasining Anna ismini qo‘shib, hozirgi ismi-sharifiga ega bo‘lgan.

Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

Jeymi Foks (Erik Marlon Bishop)

Foks ikkala jinsga ham tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday taxallusni o‘zining faoliyati boshida komedik kechalarda ishtirokida ko‘proq tomoshabinlarni jalb qilish uchun shunday taxallus olgan degan gaplar yuradi.

Go‘yoki bu holat qanday jinsga taalluqli bo‘lgan hajviyani kutishni bilolmay ikkilangan ikkala jins vakillarini ham o‘ziga jalb qilgan.

Nikki Minaj (Onika Tanya Maraj)

Xip-xop uslubida kuylovchi qo‘shiqchi o‘zining taxallusini unga o‘z xohishi bilan o‘tirishib qolmagani uchun uncha ham yoqtirmaydi.

Nikki faoliyatining boshida katta artistlarning chiqishlarida raqqosa bo‘lib o‘ynab yurgan kezlarda kimdir uning shartnomasida uning Maraj familiyasi o‘rniga Minaj deb yozib yuborgan.

Shu tariqa bu ism taxallusga aylanib, hozirda butun dunyo uni shu ism bilan taniydi.

Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi

Ben Kingsli (Krishna Pandit Bxanji)

Aktyorning otasi shifokor Rahimtulla Xarji Bxanji Keniyada istiqomat qilgan, kelib chiqishi Hindistonning Gujorot shtatidan bo‘lgan.

Aktyorning hind-afrikalik ildizlari britaniyalik kelib chiqishi va benuqson tarbiyasi evaziga anchagina bilinmay ketgan, biroq aktyorlik faoliyati uchun Krishna Pandit Bollivuddan kelgandek tuyulmaslik uchun o‘ziga yevropacha ism olishga qaror qilgan.

Charli Shin (Karlos Irvin Esteves)

Charlining bir bobosi kelib chiqishi Ispaniyadan bo‘lgan, boshqa bobosi esa Irlandiyadan bo‘lgan.

Biroq shunga qaramay Gollivud sahnasida xira meksikalikka o‘xshab ko‘rinmaslik uchun u o‘ziga ko‘proq amerikancha talaffuzli familiya olishga qaror qilgan.

Bunda aktyor Shin familiyasini o‘zining ustunligiga ishora qilish maqsadida unga o‘xshash “shayn” (shine – yorqin) so‘ziga yaqin qilib tanlagan.

Maykl Keyn (Moris Jozef Mikluayt)

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

Aktyor Keyn o‘zining familiyasini agentining maslahatiga ko‘ra almashtirgan. Bu ismni u Xampfri Bogart ishtirok etgan o‘zining sevimli fil’mi “Keyn qo‘zg‘oloni” fil’midan olgan.

Vin Dizel (Mark Sinkler Vinsent)

“Forsaj” filmining yulduzi o‘zining ismini Nyu-Yorkdagi kechki klublardan birida qo‘riqchi bo‘lib ishlab yurgan kezlarda almashtirgan. Vin – uning familiyasining qiskartirilgan varianti, “Dizel” esa shunchaki jarangli eshitilgan. Aktyorning hozirgi ismi-sharifi uning o‘ziga va u o‘ynaydigan rollarga juda ham mos tushadi.

  1. Nomalum:

    Assalomu alayko’m, bu maqola menga rosa yoqdi, bilmagan narsalarim haqida juda ko’p malumotlarga ega bo’ldim, ishlaringizga omad tilayman.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *