Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning 99 ismlari
Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning eng go’zal 99 ta ismlari to’plami.
1. Muhammad — maqtaluvchi.
2. Ahmad — Allohga hamd aytuvchi.
3. Hamid — Allohga hamdu sano aytuvchi.
4. Mahmud — maqtalgan.
5. Ahid — fazilatlar bobida yagona.
6. Vohid — axloq — odobda yagona.
7. Hoshir — o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yig‘uvchi.
8. Oqib — hamma payg‘ambarlar oxiri.
9. Toho — bu so‘zning ma’nosi Allohgagina ma’lum.
10. Yosin — bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.
Alloh taoloning go‘zal ismlari
11. Tohir — toza, pok.
12. Mutahhar — dili poklangan.
13. Tayyib — pok, xushtabiat.
14. Sayyid — Xoja.
15. Rasul — elchi, payg‘ambar.
16. Nabiy — payg‘ambar.
17. Rasulur-rohma — rahmat payg‘ambari.
18. Qayyim — to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.
19. Jomi’ — barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.
20. Muqtafiy — ergashuvchi (haq yo‘lga).
21. Muqaffiy — ergashtiruvchi (o‘ziga).
22. Rasulul—malohim — jangu jahon payg‘ambari.
23. Rasulur — roha — rohat payg‘ambari.
24. Komil — yetuk.
25. Iklil — toj.
26. Muddassir — qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.
27. Muzzammil — muddassir.
28. Abdulloh — Allohning bandasi.
29. Habibulloh — Allohning suyuklisi.
30. Safiyyulloh — Allohning tanlagani.
31. Najiyyulloh — Allohning sirdosh do‘sti.
32. Kalimulloh — Alloh bilan so‘zlashuvchi.
Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
33. Xotamul-anbiyo — nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
34. Xotamur-rosul — Rasullar xotimasi.
35. Muqyiy — dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
36. Munjiy — xaloskor.
37. Muzakkir — eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
38. Nosir — yordam etuvchi.
39. Mansur — yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
40. Nabiyyur — rohma — rahmat payg‘ambari.
41. Nabiyyut-tavba — tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.
42. Harisun alaykum — ummatlariga mehribon.
43. Ma’lum — hammaga ma’lum.
44. Shahir — hammaga mashhur.
45. Shohid — guvoh.
46. Shahid — guvoh.
47. Mashhud — guvohlik berilgan.
48. Bashir — xushxabar beruvchi.
49. Mubashshir — xushxabar beruvchi.
50. Nazir — azoblardan ogohlantirguvchi.
51. Munzir — oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
52. Nur — nur.
53. Siroj — chiroq, quyosh.
54. Misboh — chiroq.
55. Hudo — hidoyat qilguvchi.
56. Muxtor — tanlab olingan.
57. Ajir — dinga xizmat qilguvchi.
58. Jabbor — ayblarni yopguvchi.
59. Abul — Qosim — Qosimning otasi.
60. Abul — Tohir — Tohirning otasi.
61. Abut — Tayyib — Tayyibning otasi.
Hadislarda ism qo’yish borasida nima deyilgan
62. Abu Ibrohim — Ibrohimning otasi.
63. Mushaffa’ — shafoat huquqi berilgan.
64. Shafi’ — shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini Allohdan so‘rovchi).
65. Solih — yaxshi ishlarni qiluvchi, Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
66. Muslih — isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).
67. Muhaymin — ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
68. Sodiq — rostgo‘y.
69. Musaddiq — tasdiq etuvchi.
70. Sidq — rostgo‘y.
71. Sayyidul-mursalin — payg‘ambarlar hojasi.
72. Imomul-muttaqin — taqvodorlar peshvosi.
73. Qoidul-g‘urril — muhajjalin — qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
74. Halilur-Rahmon — Rahmonning do‘sti.
75. Barr — xayrli, solih amallar qiluvchi.
76. Mabarr — hamma yaxshiliklar manbai.
77. Vajih — go‘zal yuzli.
Eng ko‘p qidirilgan ismlar manosi
78. Nasih — nasihatgo‘y.
79. Nosih — nasihatchi.
80. Vakil — vakil, ishonch egasi, kafil.
81. Mutavakkil — tavakkal etuvchi.
82. Kafil — kafil, kafolatiga oluvchi.
83. Shafiq — shafqatli, mehribon.
84. Muqimus — sunna — sunnatni tiklovchi.
85. Muqaddas — ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.
86. Ruhul-Qudus — muqaddas ruh.
87. Ruhul-Haq — haqqoniy ruh.
88. Ruhul-Qist — adolatli ruh.
89. Kofiy — kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
90. Muktafiy — kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
91. Bolig‘ — oliy darajalarga yetgan.
92. Muballig‘ — Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga to‘la yetkazuvchi.
Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi
93. Shofiy — shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).
94. Vosil — yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
95. Mavsul — yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
ddddd
96. Sobiq — barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.
97. Soiq — ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.
98. Hodiy — to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.
99. Muhdiy — hadiya, ehson sohibi.
judayam zor
Xurshida assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda xursandmiz.
Таки дунёда бахтли булинг…
Assalomu alayko’m. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning juda go’zal ismlari to’plangan sahifa ekan!