Matematik mantiqiy savollar va masalalar javoblari bilan

Matematika bilan shug‘ullanish to‘g‘ri va izchil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sanashlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordamida ilgari noma’lum bo‘lgan narsalarni topishimizga yordam beradi.

Quyida sizlar uchun matematika faniga oid mantiqiy savollar, qiziqarli boshqotirmalar, jumboqli misollarni to’plab e’tiboringizga havola etmoqdaman. Ba’zi savollar matematik aniqlikka asoslangan bo’lsa, ba’zilari mantiqiydir.

Matematik mantiqiy savollar va masalalar

1. Ilhom bozordan 1 kg. lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo‘lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tarvuzning og‘irligi necha kg bo‘lgan?

2. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo‘lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang.

3. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko‘payadi. O‘sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1 soatda liq to‘ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi?

4. Uzunligi 36 metr bo‘lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Savol: sotuvchi chitni necha marta kesgan?

5. Sinfda 30 ta o‘quvchi o‘qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini biladi. 18 tasi ingliz tilini biladi. Savol: nechtasi har ikkala tilni biladi?

6. Men bir son o‘yladim. Uning yarmiga choragini qo‘shsak , 18 hosil bo‘ladi. Savol: Men qanday son o‘ylabman?

Mantiqiy savollar javoblari bilan

7. Uch kishi 30 so‘mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so‘ng kafe xo‘jayini tushlik narhi 30 so‘m emas, 25 so‘m ekanligini payqab qoldi va o‘sha yerdagi bir yosh bolani qo‘liga 5 so‘m berib ularning orqasidan jo‘natdi. Xurrandalarning har biri o‘zlariga 1 so‘mdan olishdi va 2 so‘mni bolaga qaytarib berishdi. Bundan chiqdiki, har bir kishi tushlik uchun 10 so‘mdan emas 9 so‘mdan to‘lashgan. Ular 3 kishi: 3×9=27, yana 2 so‘m bolada: 27+2=29. Savol 1 so‘m qayerga g‘oyib bo‘ldi?

8. Onasi Ahmadga 4 litr suv olib kelishni tayinladi. Lekin onasi unga faqat ikkita idish berdi, ulardan biri 3 litrlik, ikkinchisi 5 litrlik edi. Ahmad bu idishlar yordamida 4 litr suv o‘lchashi mumkinmi? Ahmadga yordam bering.

9. Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?

10. 81 ta bir xil ko‘rinishli tangalar bor. Ammo bulardan bittasi qalbaki va u boshqalaridan biroz yengil. Ikki pallali tarozi yordamida 4 marta tortish bilan shu qalbaki tangani topib bering.

11. Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 metr yuqoriga, kechalari 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadi?

12. Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???

13. 5 xonali sondan iborat parol qo‘yilgan, Bu parolni ochish uchun necha xil variantda son terish kerak?

14. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

15. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko‘rsatadi?

16. Yo‘lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o‘rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo‘lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo‘l bosgan?

17. Qanday 3ta sonning yig‘indisi ularning ko‘paytmasiga teng?

18. Shunday ikki sonni topingki, ularning ko‘paytmasi 28 bo‘lib, kattasini kichkinaga bo‘lganda ham 28 chiqsin!

Hikmatli savollar va ibratli javoblar to’plami

19. To‘rtta besh raqami va arifmetik ishoralar yordamida 100 hosil qiling!

20. Savolim kulcha haqida. Kulchalarni tarqatganda har birimizga 1.5 tadan to‘g‘ri kelyapti. Lekin Oramizdan 1 kishi kulcha yemasa, har birimizga 2 tadan to‘gri keladi. Biz necha kishimiz?

21. Mahsulotning narhini 50% ga oshirib 50% ga tushirilsa. Bahosi o‘zgaradimi?

22. 1,2,3,4,5 raqamlar orasiga arifmetik amallar ishoralarini shunday qo‘yingki natijada 100 hosil bo‘lsin!

23. Menda 10 sum bor, sizda 15 sum bor. Pulimiz teng bo‘lishi uchun necha pul berasiz menga?

24. Bu sonlarning orasiga to‘qqizta plyus yoki minus ishorasini shunday quyingki, ifodaning javobi to‘g‘ri chiqsin: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 = 1

25. 12 ta odam bir-biri bilan salomlashganda salomlar soni nechta bo‘ladi? (Bitta odamga ikki martta salom berish va o‘ziga-o‘zi salom berish yo‘q)

26. Yilda eng kalta oy qaysi?

27. Bir quruvchi bir uyni 30 kunda qurib bitirdi. Ikkinchi quruvchi shu uyni 20 kunda qurdi. Ikkala quruvchi baravariga ishlashsa necha kunda uyni bitirishadi?

28. Kechadan oldin Murod 17 yosh edi. Keyingi yilda u 20 yoshga kiradi. Bu qanday yuz beradi?

29. Oppoq tovuq don cho‘qir,
Suv ichadi qorasi.
Necha tovuq bo‘ladi,
Qo‘shilganda olasi.

Tezkor savollar javoblari bilan

30. Bir odam olma donasini 5 so‘mdan sotib olib, uni 3 so‘mdan sotgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib u millionerga aylangan. U buni qanday uddaladi?

31. Akasi 12 yosh 7 oylik. U singlisidan 3 yosh 5 oy katta bo‘lsa, singlisi necha yoshda?

32. Toshkentdan Samarqand tomon poyezd yo‘lga chiqdi. U belgilangan vaqtdan yarim soatga kech qoldi. Samarqanddan Toshkent tomon ham poyezd yo‘lga chiqdi, u jadvaldagidan 10 daqiqaga kech yo‘lga chiqdi. Har ikki poyezd bir-biri bilan uchrashgan vaqtda qaysi poyezd Toshkentga yaqinroq bo‘ladi?

33. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o‘chib qoldi. Nechta sham qoldi?

34. Devorning uzunligi 20 metr va balandligi 3 metr bo‘lib, og‘irligi 3 tonna. Uni qo‘shimcha qurilmalarsiz qanday ag‘darish mumkin?

35. Quyon ikki oyog‘ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog‘ida tursa necha kg keladi?

36. It 10 metrlik ipga boylangan, ammo u 300 metrga ketib qoldi. Qanday qilib?

37. Bitta tayoqning 2 ta uchi bo‘lsa, 1 yarimta tayoqning nechta uchi bo‘ladi?

38. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor, har bir shoxida 8 tadan shoxcha, har bir shoxchada yana 8 tadan shoxcha bor va har bir shoxchada 8 tadan olma bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta olma bor?

39. Bir bola ko‘chadan 1 so‘m pul topib oldi, agar ko‘chaga 2 ta bola chiqsa necha so‘m topib olardi?

40. Bitta birga bitta uch
Yopishibdi qolibdi,
Har ikkisi sarflab kuch,
Bitta bosh harf bo‘libdi?

41. Bita va koptok 1,10 dollar turadi. Bita koptokka qaraganda 1 dollardan qimmatroq turadi. Koptok qancha turadi?

42. Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o‘rinda yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz. Siz hozir nechanchi o‘rindasiz?

43. Ikki xonali sonning raqamlar yig‘indisi eng katta bir xonali songa teng. O‘nlar xonasidagi raqam esa, bu yig‘indidan 2 ga kam. Shu sonni toping.

Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan

44. Sarvar o‘yinchoq askarlarni o‘ynayapti. Dastlab o‘yinchoqlarni juft-juft qilib joylashtirishga urindi, ammo bitta ortib qoldi. So‘ngra Sarvar o‘yinchoqlarni 3 tadan joylashtirmoqchi bo‘ldi. Unda ham bitta o‘yinchoq ortib qoladi. Agar u 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan joylashtirmoqchi bo‘lsa ham bitta ortib qoladi. Oxiri 7 tadan safga joylashtirishga erishdi. Agar Sarvardagi o‘yinchoqlar soni 1000 tadan kam bo‘lsa, unda nechta o‘yinchoq bo‘lishi mumkin?

45. To‘la kvadratni (butun sonning kvadrati) 3 ga bo‘lganda qanday qoldiq qolishi mumkin?

46. Sinfda 35 o‘quvchi bor. Ulardan 20 tasi matematika to‘garagiga, 11 tasi biologiya to‘garagiga qatnashadi. 10 tasi esa hech qaysi to‘garakga qatnashmaydi. Nechta o‘quvchi ham biologiya, ham matematika to‘garagiga qatnashadi?

47. 6- sinf o‘quvchilari 2 ta masala yechishdi. Dars oxirida Shokir Qosimovich to‘rtta ro‘yxat tuzdi: 1 — birinchi masalani yechganlar, 2 — faqat bitta masala yechganlar, 3 — kamida bitta masala yechganlar, 4 — ikkala masalani yechganlar. Ro‘yxatlardan eng uzuni qaysi? Ikkita ro‘yxat tarkibi bo‘yicha ustma-ust tushishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qaysilari?

48. Sayyohlar guruhi chet ellar bo‘ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini bilmaydi. Sayyohlarning umumiy sonini toping.

49. Idishda oq va qora sharlar bor. Undan bitta qora shar olsak, idishdagi oq va qora sharlar soni teng bo‘ladi. Bitta oq sharni olsak, qora sharlardan ikki marta kam oq sharlar qoladi. Idishda nechta oq va nechta qora shar bor?

50. Qiz bola o‘zining ismidagi har bir harf o‘rniga uning alifbodagi tartib raqamini qo‘ydi va 1114111 sonini hosil qildi. Qizning ismi nima?

  1. Oyjamol Omonova:

    Qanday qilib 100 so’mning 10 so’miga mol, 3 so’miga qo’y va 50 tiyiniga xo’roz olsa bo’ladi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *