Dunyo tarixidagi eng g‘alati vasiyatnomalar

Ba’zi boy va mashhur odamlar o‘zlarining oxirgi istaklarini o‘ziga xos tarzda ifodalaydilar. Vasiyatnomalari omma uchun haqiqiy shov-shuvga aylangan holatlar mavjud.

Bugun g‘alatiroq xohish bildirgan mashhur kishilarning iroda ifodalari haqida so‘z yuritamiz. Qizig‘i, ular oradan ko‘p yillar o‘tgach, bu ishi orqali o‘limidan so‘ng ham mashhur bo‘lib qoldi.

Charli Chaplin: Bir million dollar!

Charli Chaplin chekuvchi odamga pul qoldirgan

Charli Charplin ham ashaddiy chekuvchi edi. O‘z vasiyatnomasida u og‘zidan ketma-ket oltita halqa tutun puflab, yettinchi halqani ular orasidan o‘tkaza oladigan kishiga million dollar qoldirgan. Butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar katta pul ishlab olish umidida bu hiylani muvaffaqiyatsiz sinab ko‘rdi.

Hayvonlar yomg‘iri haqida hozirgacha nimalar ma‘lum?

Samuel Bratt: Endi uning o‘zi cheksin!

Endi uning o‘zi cheksin

1960 yilda britaniyalik chekishga qaram bo‘lib qolgan janob Bratt o‘limi arafasida uning yomon odati bilan qattiq kurashishga harakat qilgan xotinidan qasos olishga qaror qildi.

Vasiyatnomaga ko‘ra, xotini kuniga beshta sigara cheka boshlagan taqdirdagina meros huquqidan foydalanishi mumkin edi. O‘sha paytda janob Brattning boylik holati 330 ming funt-sterlingga baholangan.

Genri Ford: Ilm rivoj topsin

Ilm rivoj topsin

Mashhur magnat vafotidan so‘ng xayriya ishlar uchun 500 million dollar qoldirdi. U o‘z pullarini 4 mingdan ortiq ta’lim va xayriya muassasalariga yo‘naltirilishini istadi. Bu tarixdagi eng katta xayriya hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlarida turli g‘alati qonunlar

Genrix Geyne: Hamdardim bo‘lsin deyman

Hamdardim bo'lsin deyman deb nomlanuvchi vasiyatnoma

Mashhur shoir butun umri davomida o‘z xotini — poyabzal sotuvchisi, jankalkash va shafqatsiz ayol Yevgeniya Mirat bilan birga tugun bog‘laganidan afsusda edi.

O‘limidan so‘ng u boyligini ikkincha marta rasman turmushga chiqish sharti bilan o‘z xotiniga qoldirdi. Mohir yozuvchi shu tarzda hech bo‘lmaganda dunyoda bir kishi unga hamdard bo‘lib, uning o‘lganidan afsusda bo‘lishiga ishongan.

Djin Rodenberri: Yulduzlar orasida

Djin Rodenberri Yulduzlar orasida

“Yulduzlar yo‘li” loyihasi yaratuvchisi o‘zining “ajoyib” dafn marosimini o‘tkazdi. Tirikligida u o‘limidan so‘ng jasadini krematsiya qilib (maxsus pechda murdani kuydirish), kulini fazoga sochishni orzu qilgan. Rodenberrining irodasi u xohlagan tarzda amalga oshdi va u koinotning o‘rganilmagan kengliklarida abadiylashtirildi.

Eng ko‘p egizak tug‘iladigan dunyodagi 3 joy

Anjel Patoyya: O‘z uyimda qolishni istayman

Puerto-rikalik Anjel Patoyya ehtimol, yaqinlariga o‘zidan boshqa vasiyat qiladigan hech narsa topmagan bo‘lsa kerak. U faqatgina so‘nggi xohishini aytishga muvaffaq bo‘ldi, xolos.

Kutilmaganda Anjel San-Xuan ko‘prigi ostida o‘lik holda topilganidan so‘ng, ukasi Karlos akasining so‘nggi istagi bajarilishi kerakligini aytdi: endi Anjelning mo‘miyolangan jasadi tik holatda, onasi uyining burchagida turadi. U deyarli tirik va ehtimol baxtlidir.

Albatta, insonning oxirgi irodasi qanday bo‘lishi uning shaxsiy tanlovidir. Ko‘rib turganimizdek, bu imkoniyatdan kimdir qasos olish uchun, boshqalari foydali ishlar qilib, turli yo‘llar bilan foydalangan.

Qanday bo‘lmasin, bu qaror insonning qanday hayot kechirgani va avlodlari u haqida qanday xotiralar bilan eslashini ifodalab beradi.

5/5 - (22 голоса)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Hayvonlar yomg‘iri haqida hozirgacha nimalar ma‘lum?
  2. Dunyo mamlakatlarida turli g‘alati qonunlar
  3. Eng ko‘p egizak tug‘iladigan dunyodagi 3 joy
  4. Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha
  5. Odamlarda uchraydigan eng noyob 9 kasalliklar
  6. Dunyodagi eng qimmat hayvonlar haqida bilasizmi?
  7. Eng baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi?
  8. Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?
  9. 1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?
  10. Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *