Alifbe bayrami uchun sara sherlar to‘plami
Alifbe bayrami uchun, barcha harflarga atalgan eng sara sherlar to‘plami.
A harfi
Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!
* * *
Alifboda sardorman,
“Ayiq”, “Asal”da boshman.
Agar so’rsangiz yoshim,
Albat, siz kabi yoshman.
B harfi
Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!
* * *
Bolalar, bilim oling,
Besh baho ko’plab oling.
Bolari kabi tinmay,
Bilimni to’plab oling.
D harfi
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!
* * *
Do’lana dona-dona,
Donalar-chi, dugona.
“Do’ppi”, Dazmol”,”Daraxtda”
Doim shayman men yana.
Alifbe va Savodxonlik kuni uchun tadbir senariysi to‘plami
E harfi
Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.
* * *
Eh, qandayin zo’r kitob,
Ertaklari ko’p kitob.
Ertakda echki, hatto,
Eshak ham o’qir kitob.
F harfi
Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.
* * *
Filcha rosa o’ynadi,
Favvorada suv bilan.
Fartugini ho’l qilgach,
Futbol o’ynar to’p bilan.
G harfi
Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!
* * *
Globus o’xshar to’pga,
Gulga o’shar chiziqlar.
Gir aylanar teginsam,
Globus xo’p qiziqda.
H harfi
Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat,
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt.
* * *
“Humo”, “Handalak”, “Hunar”
Har vaqt mendan boshlanar.
Hunarli bo’ling doim,
“Hunar, hunardan unar”.
I harfi
Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
* * *
Ikrom bilan Ilhom,
It uchun zo’r in yasar.
Iroda-chi, chevardir,
Ignaga ip o’tkazar.
J harfi
Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.
* * *
Jayrondan bo’ldi hafa,
Jajjigina jirafa.
Joyga talashdi ular,
Jo’ja ustidan kular.
K harfi
Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
* * *
Kakku, kaptar, kaklik,
Ko’pdir ushbu kitobda.
Kim ko’rmoqni istasa,
Kelib ko’rsin shu tobda.
L harfi
Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.
* * *
Laylak uchun osh suzdi,
Laganga oshpaz xo’roz.
Lof emasdir, qoldirmay,
Laylakvoy urdi paqqos.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sherlar to‘plami
M harfi
Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.
* * *
Maymun daraxt shoxidan,
Mevalarni o’g’irlar.
Maymoqvoy uni lo’rib,
Menga ber deb vovullar.
N harfi
Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.
* * *
“Non”, “Nok” va “Nog’ora”
“N”dan boshlanar doim.
Nay sozini chalsangiz,
Navo chiqar muloyim.
O harfi
Ona yurt onajon – O’zbekistonim,
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.
* * *
Oy ko’rindi osmonda,
Oq bulutlar ortidan.
Oqshom tushgani shudir,
Oybek, Ozod oling dam.
Y harfi
Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.
* * *
Yo’lbars o’rmonda yashar,
Yo’l-yo’l bordir chizig’i,
Yovvoyi hayvondir u,
Yong’oq yemas qizig’i.
P harfi
Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!
* * *
Paxta gulli piyola,
Peshtaxtada turibdi.
Piyolaning ichida,
Paxta yog’i turibdi.
Q harfi
Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.
* * *
Qalam olib qo’liga,
Quyon rasmin chizdi Esh.
Qoyil qolib ustozi,
Quyon uchun qo’ydi “besh”.
R harfi
Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon,
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston.
* * *
Randa bilan yog’ochni,
Rosa silliqlab Rustam.
Rom yasadi uychaga,
Rustam-chi, mohir usta.
S harfi
Salom sevimligim, serquyosh diyor,
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor.
* * *
Sabzi chizdi Salima,
So’ng sariqqa bo’yadi.
Suratdagi serka ham,
“Sabzi ber”-deb qo’yadi.
Ramazon tabriklari sara tabriklar to‘plami
T harfi
To’yingga to’yona tilda dostonim,
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.
* * *
Tovug’im tuxum qo’ydi,
Tulki-chi, ko’rib qo’ydi.
Tulkining tumshug’idan,
Tosh bilan urib qo’ydim.
U harfi
Unutmang, ustozim har bir so’zingiz,
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.
* * *
Uzumdan uzib oldi,
Umida qarang bir bosh.
Ukasiga ham berdi,
Uzum navidir- charos.
V harfi
Vatanim, volidam vatanda jonim,
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
* * *
Varrak yasadi Vali,
Valijon mohir usta.
Vaqt o’tmadi uncha ko’p,
Varragi bo’ldi uchta.
X harfi
Xalqimning ovozi baland har onda,
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.
* * *
Xo’rozboy xat yo’lladi,
Xorazmlik xo’rozga.
Xabarida yozdi u,
Xurmo keltir, deb bizga.
Z harfi
Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.
* * *
Zinadan chiqayotib,
Zokirjon topdi zirak.
Ziyrakda u juda ham,
Zuhraniki, der zirak.
O’ harfi
O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor,
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.
* * *
O’lkamga keldi bahor,
O’t-o’lanlar qoplandi.
O’rik gulladi bog’da,
O’rdak suvga otlandi.
G’ harfi
G’oliblik bayrog’i guruhlar qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.
* * *
G’ildiragin g’izillatar,
G’ani degan sho’x bola.
G’am neligin bilmaydi,
G’uncha kabi yosh bola.
Ch harfi
Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.
* * *
Chumchuq topib chigirtka,
Chaqirdi sherigini.
Chunki topgan edi u,
Chigirtka yirigini.
Sh harfi
Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.
* * *
Shaxmat o’ynar edilar,
Shavkat bilan Shohista.
“Shoh” bergan edi Shavkat,
Sham ham o’chdi ohista.
Ng harfi
Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.
* * *
Qishlog’imda otdi tong,
Xo’rozlar-chi, urar bong.
Chiqmoqda quyosh qarang,
Quyosh nuri tilla rang.
’ tutuq belgisi
Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.
* * *
Alifboda o’rnim bor, bilib qo’y-ki,
Nomimni deyishadi – tutuq belgi.
Gar qo’ymasang “sa’va”, “a’lo”larga,
Kulgi bo’lib qolasan bolalarga.
Ramazon va Ro‘za haqida sherlar to‘plami
Zukko Alifbo
Assalom kalom boshi,
Aql odob quyoshi.
Bog’da bulbul sayraydi,
Gulga ko’ngil bog’laydi.
Dakanglar dakang xo’roz,
Don terar akang xo’roz.
Eldor o’qiydi ertak,
Elyor to’qiydi cho’pchak.
Foyda filga kerakmi,
Fil foydaga sherikmi?
Gulga o’xshar kapalak,
Qanotlari kamalak.
Humo qushi porlaydi,
Baxt yo’liga chorlaydi.
Ishyoqmas ishdan qochar,
Ming bir bahona topar.
Jiyda guli maydadir,
Cho’pon ko’ngli naydadir.
Ko’klam keldi o’lkamga,
Peshvoz chiqdik ko’klamga.
Lochin ko’kni ko’zlaydi,
Laylak yozni izlaydi.
Maymun qilib masxara,
Mushukka der tasqara.
Ninachi g’irillaydi,
Qanoti dirillaydi.
Osmonda oy nur sochar,
Hovuch-hovuch dur sochar.
Parda pishloq pishirdi,
Parpi paqqos tushirdi.
Qarg’a qishni qo’msaydi,
Qorni ko’rib shumshaydi.
Rayhon taratar atir,
Hidi olamga tatir.
Sichqon sabzi kemirdi,
Xo’p kemirib semirdi.
Tilla taqa topildi,
Darvozaga qoqildi.
Uzum uzdik azonda,
Shinni qildik qozonda.
Vali varrak uchirdi,
Ali urib tushirdi.
Xirmon to’la don tuydik,
Mehmonlarga non qo’ydik.
Yomg’ir yog’ar sepalab,
Chopqillar qir-tepalab.
Zuvillog’im zuvillar,
Shamol kabi g’uvillar.
O’rik tugdi dovuchcha,
Terdik ikki hovuchcha.
G’altagim g’ildiraydi,
To’tamay pildiraydi.
Sherga shira yoqmaydi,
Muzqaymoqqa boqmaydi.
Chumchuq chuvalchang topdi,
Chittak ortidan chopdi.
Mana sizga bodring,
Yarmin menga qoldiring.
— Nurulloh OSTON
Dono Alifbo
Alifbo bilim koni,
Tanitadi dunyoni.
Bahor taqdi jamalak,
Ko’kka chiqdi kamalak.
Dutor chertadi Dildor,
Qizlar aytadi alyor.
Erka buloq qiqirlar,
Echki-uloq dikirlar.
Fazo to’la farishta,
Sarishtadir har ishda.
Gilos qizarib pishdi,
Gala qushlar yopishdi.
Handalak xushbo’y ekan,
Qomati xushro’y ekan.
Itimiz chiqdi chopqir,
Izquvar hamda topqir.
Jo’ja go’ja ichmaydi,
Jo’xoridan kechmaydi.
Kosaguldir toshbaqa,
Kosasi bor toshdaqa.
Lolaga to’ldi qirlar,
Chuchmomalar qiqirlar.
Moshga loviya qoqdi qosh,
Makka dedi bag’ritosh.
Nokimiz bor nashvati,
Novvot ekan sharbati.
Odob misli oftobdir,
Odobli uy oboddir.
Piyoz ko’zni yoshladi,
Niyoz yig’lab boshladi.
Quyonim juda qo’rqoq,
Men bilan bo’lmas o’rtoq.
Rasm chizdi Ro’zivoy,
Rahmat dedi Qo’zivoy.
Suvda suzar soqqa qush,
Soyda kezar hakka qush.
Tulki tunda yradi,
Izg’ib o’lja teradi.
Ukki ikkichi ekan,
Juda uyquchi ekan.
Viz-viz qiladi ari,
Nishi o’tkir, tur nari.
Xo’roz donni cho’qiydi,
Keyin qo’shiq o’qiydi.
Yam-yashil bo’ldi olam,
Chechaklar alvon gilam.
Zamin bizning onamiz,
Vatan uchun yonamiz.
O’rdak ko’lda qishlaydi,
Baliqlarni ushlaydi.
G’uncha chiroyli buncha,
Qirmiz labi tuguncha.
Shodi pishirdi lag’mon,
Paqqos tushirdi Shodmon.
Chinni choynak cho’llapti,
Choyga salom yo’llapti.
Yanga qayga shoshadi,
To’yga tanga sochadi!
Mana sizga bodring,
Yarmisini qoldiring!
— Nurulloh OSTON