Bolalar uchun sara sherlar to‘plami
Bolalar uchun eng sara sherlar to‘plami. Bolalik! Naqadar beg‘ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to‘la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o‘xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o‘zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi.

Vatanim O’zbekiston!
Vatanim O’zbekiston!
Yurtboshimdir mehribon.
Mustaqil bolalarmiz,
Yurt gulu lolalarimiz.
Meni sevgan elimsan
Iftixor, g’ururimsan!
O’zbekiston bu bo’ston,
Bo’ston hamda guliston.
Yashnar O’zbekistonim,
Ona yurt jon jahonim.
Tug’ilib o’sgan joyim,
O’zbekiston Turonim!
Yulduzlar haqida sherlar to‘plami
Xayr bog’cham
Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.
Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.
Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon
Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.
Maktab sari
Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchog‘ingga ol, maktab.
Ozim yaxshi bolaman,
Eng a’lochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.
Erkalik va sho‘xlikni,
Tashlab keldim bog‘chaga.
Barcha o‘yinchog‘imni,
Terib qoʻydim tokchaga.
Odob va tarbiyani,
Oldim ota onamdan.
Endi bilim koniga,
Yuray shu ostonadan.
Faqat «besh» baho bilan,
Daftarimni toldiray,
Hur, goʻzal diyorimga,
Munosib farzand boʻlay.
Bolalar haqida sherlar to‘plami
Maktabim
Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman,
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!
Tandir to‘la nonlarning
Tandir to‘la nonlarning,
Pishmoq sirin o‘ylayman.
Non yopilgan tandirga,
Shoshilmasdan bo‘ylayman.
Biram issiq — gumbaz cho‘g‘
Kuydirgudek yuzimni.
Darrov ortga qaytaman,
To‘sgancha qosh-ko‘zimni.
Onajonim qo‘llari,
Nonni uzar saralab,
So‘ngra yupqa suv separ,
Savat uzra sevalab…
Qora Mushukcha
Oyi, qora mushukchaga,
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Shunda qora mushukchani,
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb,
Atamaydi xolalar.
Hamma uni ko‘rgan oni,
Deydi: “Buncha chiroylik!”
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Quyosh haqida sherlar to‘plami
Kitob o’qigan bola
O‘rganar avval odob,
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob,
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.
Svetafor
Men agarda yonsam qizil,
Yo‘lda aslo qilmang hazil.
Taqqa to‘xtang shosha ko‘rmang,
Joyingizda aslo jilmang.
Sqriq ko‘zim chaqnaganda,
Hushyor bo‘ling o‘sha onda.
Qolmangiz deb mahtal bo‘lib,
Yashil ko‘zim chaqnar kulib.
O‘tavering yo‘l keng ochiq,
Turay sizga shu‘la sochib.
Porloq bo‘lsin yo‘llaringiz,
Nurga to‘sin dillaringiz.
Buvijonim
Biznikiga mehmonga,
Buvijonim keldilar.
Menga juda-juda ko’p,
Sovg’a olib keldilar.
Rahmat sizga buvijon,
Sizni yaxshi ko’raman.
Sizni qattiq quchoqlab,
Birga mazza qilaman.
Dadajon
Dadamning kuchlari ko’p,
Ular hammadan dono,
Dadamga men deyman «ho’p»,
Gap qaytarmayman aslo.
O’qish
She’r, hikoya, ertakni,
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.
Matematika
Matematika darsi,
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun,
Tinglamoq kerak yaxshi.
рахмат ишларизга ривож кидирган маълумотларни олишда якиндан ёрдам бериб келмокдасизлар
Ajoyib va mazmunli she’rlar ekan. Ijodizga omad 👏👍
Raxmat. Qishki tatilda qizim yodladi sherlarizni. Gap yo‘q!
Munira assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Bolajonlarimiz yod olishlari uchun juda ajoyib sherlar to’plami bo’libdi.
Bu sherlarni bolalarimga yod oldirmoqchiman, bolalar zehnini yanada mustahkamlashda yordam beradi degan umiddaman.
She’rlar juda ajoyib, bolam qiziqib yod olayapti.
Yaxshi she’rlar ko’p ekan, farzandlarim yod olsa xursand bo’lar edim.
Yaxshi-yu ammo men izlagan sherni topolmadim, agar iloji bo’lsa «Omin» haqida sherlarni yozib yuboringizlar, Raxmat.
Ma’noli va yod olish uchun oson ravon she’rlar ekan. Bog’chada foydalanamiz Raxmat.
Mening jajji bolajonlarimga mos bo’lgan sherlarni topdim va nihoyat, sizlarga kattakon raxmat, baraka topinglar.
Assalomu alayko’m, ustozlar haqida sher qo’yingizlar bolalar uchun, iltimos.
Assalomu alayko’m, Do’stlik haqida bolalar uchun sherlardan jo’nating.
Juda ajoyib sherlar, bolalar uchun mos barchasi. Sherlarni ostiga kimniki ekanligini yozsayla bundanam ajoyib boʻlardi, raxmat.
Bolajonlarga mos she’rlar ekan. Afsus muallifi yozilmapti, shunga e’tiborli bo’linglar.
Menga juda she’rlar yoqdi, ayniqsa bog’cha bolalari uchun, rahmat…
3 yoshli boxchaga boradigan bollarga sherlar bormi sizlarda?
Rahmat sherlar uchun. O’quvchilarimga o’rgatishga oson sherlar ko’p ekan.
Juda yaxshi ekan, ammo uy jjihozlariga atalgan sher izlagandim topa olmadim, iltimos shkaf haqida sherlardan ham chiqaring, oldindan raxmat.
Yaxshi bolalarga yodlatsa boʻladigan she’rlar ekan .
Juda ham yahshi sherlar bor ekan, toʻrt qatorli sherlariz ham bormi?
Assalomu alayko’m. Menga Alifbe bayrami senariysi juda yoqdi. Savodxonlik bayramini oʻtkazishda foydalanaman. Mana shu sensriylarni tuzib jamlagan insonlarga kattakon rahmatlar aytaman. Ishlaringizni rivojini bersin.
Sayt yaxshi. Kerakli sherlarni topayapmiz.
She’rlar to‘plami juda boy va rang-barang. Har bir bolaga mos keladigan she’r topish mumkin.
She’rlar juda chiroyli, lekin ba’zilarining tili bolalar uchun biroz murakkab.
Yoshga mos soddaroq variantlar bo‘lsa, yanada yaxshi bo‘lardi.
Bu she’rlar bolamga juda yoqdi. Har kuni yotishdan oldin bir nechtasini o‘qib beraman.
“Qora Mushukcha” she’ri ayniqsa yoqdi.
Assalomu alayko’m. Bolalar uchun yaxshi sherlar bor ekan, sizlarga buning uchun katta raxmat, ishlaringizga rivoj tilab qolaman.
Assalomu alayko’m. Iltimos 2-3 yoshdagi bolalar uchun ko’proq sherlar bering…
Bolajonlarim uchun juda yaxshi sherlar topdim, sizlarga kattakon raxmat.
Õquvchilarim uchun juda yaxshi she’rlar ekan. Ajoyib!