Shifokorlarni sarosimaga tushirib qo‘ygan noyob tashxislar

Insoniyat chechak, qizamiq va hatto vaboni yengdi, hozirda ham koronavirus bilan keskin kurash olib borilmoqda. Biroq, hali ham ilmiy dunyoning o‘z sohasi peshqadamlarini chalg‘itib qo‘ygan tibbiy holatlar mavjud. Mazkur maqolada hatto eng yaxshi shifokorlar ular oldida ojiz bo‘lgan tashxislar bilan yashaydigan kishilar haqida so‘z yuritamiz.

Teskari dunyo

Teskari dunyo

Bojana Danilovich (Bojana Danilovic) dunyoni “umbaloq oshib” ko‘radi. U monitorni ag‘darib qo‘yadi, gazetani teskari o‘qiydi, televizori ham ag‘darib qo‘yilgan. Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti mutaxassislari uning kasalligidan jiddiy hayratda qolishdi. Ular Bojanaga kamdan-kam uchraydigan nevrologik kasallik – “kosmosda moslasha olish fenomeni” tashxisini qo‘yishdi.

Bashorat so’ngra haqiqatga aylangan yozuvchilar asarlari

O‘tmishga qaraydigan kishilar

O‘tmishga qaraydigan kishilar

Polinopsiya yoki Sharl Bonne sindromi – biror bir ob’yektning ko‘rish maydonidan g‘oyib bo‘lganidan keyin uning tasviri saqlanib qolinishi yoki qayta paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Oddiy qilib aytganda, siz atrofdagi hamma narsani 30 soniya kechikish bilan ko‘rasiz.

73 yoshli bemorning xotini xonadan chiqqanidan 15 daqiqa o‘tgach, javob bergani haqida ma’lum bir holat bor. Aslida bu kasallikning sabablari ko‘zda emas, miyada yotadi, lekin bunday pauza bilan yashash oson bo‘lmasa kerak.

Qonli ko‘z yoshlar

Qonli ko‘z yoshlar

Chilidagi shifokorlar tom ma’noda qon yig‘layotgan Yaritza Oliva (Yaritza Oliva)ni ko‘rib hayron qolishdi. U shuningdek, ko‘zlari achishidan shikoyat qilar va o‘zining ahvolini so‘z bilan tavsiflab bera olmasligini aytdi.

Mahalliy shifokorlar taajjubda, lekin Chilidagi shifokorlar garchi bunday tashxis hali ham rasman mavjud emas va uning sabablari hali aniqlanmangan bo‘lsa-da, qiz gemolakriya kasalligidan aziyat chekayotganini taxmin qilishdi.

Xitoy devori haqida eng qiziqarli faktlar

Suvga allergiyasi bor ayol

Aleksandra Allen o‘n ikki yoshida o‘zida suv krapivnitsasi (eshak yemi) kasalligi belgilarini his qila boshladi. Shifokorlar tomonidan aniqlangan kasallik uni dengiz biologi bo‘lish haqidagi orzusidan voz kechishga majbur qildi.

Suvga allergiyasi bor ayol

“Teringiz shilingan yoki kislotaga botirib olingandek”, — deydi Aleksandra o‘zining noxush tuyg‘ulari haqida. Odamlarda suvga allergiya juda kam uchraydi, dunyoda hozirgacha 100 ga yaqin holat aniqlangan. Shu bilan birga, bemor uchun suvning manbai muhim emas, u dush, yomg‘ir, ko‘z yoshlar yoki ter bo‘ladimi — bularning barchasi ularga bir xil og‘riqni beradi.

Aleksandra shaxsiy gigiyenaning boshqa usullarini o‘ylab topishga majbur va u faqat tanasi o‘zlashtira oladigan shakarli ichimliklarni ichadi.

Uxlamaydigan bola

Uxlamaydigan bola

Rett Lemb 3 yoshigacha hech qachon uxlamagan. Bu yerda gap bolalarning odatiy injiqliklari yoki uxlab olish bilan bog‘liq muammolar haqida ketmayapti. Ota-onasi tun bo‘yi u bilan o‘tirishga majbur edi, chunki u tom ma’noda ko‘zlarini yummasdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli malumotlar

Bolakay kamdan-kam uchraydigan kasallik — miyaning uyqu uchun javobgar bo‘lgan qismi siqilib, bosh suyagiga sig‘masligi natijasida kelib chiqadigan – Kiari malformatsiyasidan aziyat chekardi. Uch yoshida Rett o‘zini bir yoshli boladek tutardi, muvafaqqiyatli jarrohlik operatsiyadan so‘ng Rett tunda uxlash qobiliyatiga ega bo‘ldi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *