Qiziqarli mantiqiy topishmoqlar to’plami javoblari bilan
Qiziqarli mantiqiy topishmoqlar to’plami kattalar va bolalarda noodatiy fikrlashni yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi va kayfiyatni ko’taradi. Savollarning ba’zilari chuqur o’ylantirib ba’zilari esa kuldiradi.
1. Tuyaqush o’zini qush deb ayta olishi mumkinmi?
2. U odam mutlaq sog’lom, nogiron emas, tirik. Lekin uni shifoxonadan qo’lda ko’tarib olib chiqishmoqda va bu odatiy hol sanaladi. Nima sababdan?
3. Bir kuni ertalab bir erkak ishga ketish uchun chiqib, o’z avtomashinasi g’ildiraklaridan birining dami chiqib ketganligini sezib qoldi. Shunga qaramay, u o’sha mashinaga o’tirib, bemalol ishga ketdi, hech bir muammolarsiz ishdan qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
4. Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin — ushbu ro’yxatda kim «ortiqcha»?
5. Qalamni xonadagi yerning shunday joyiga qo’yish mumkinki, uning ustidan hech kim sakrab o’ta olmaydi. Bu qanday joy?
Qiziqarli mantiqiy masalalar to’plami
6. Xomligida iste’mol qilinamaydi, qaynatilgach esa tashlab yuboriladi. U nima?
7. Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
8. Avtobusda 20 ta yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda avtobusdan 2 kishi tushib, 3 kishi chiqdi, keyingisida — 5 kishi tushib, 2 kishi chiqdi, keyingisida 2 kishi tushib, 1 kishi chiqdi, navbatdagi bekatda esa 9 kishi tushib, hech kim chiqmadi, keyingi bekatda yana 2 kishi tushdi. Savol: jami bo’lib nechta bekat sanaldi?
9. Qaysi oddiy odam oldida hatto podshoh ham bosh kiyimini yechadi?
10. Boy va kambag’alning uyi yonma-yon joylashgan. Bir kuni ikkalasi ham alanga olib, yona boshladi. O’z vaqtida yetib kelgan militsiya qay biridagi yong’inni birinchi bo’lib o’chirishga kirishadi?
11. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
— Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: «Azizam, senga nima bo’ldi, nega?», — deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: «Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili», — deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
12. Hech narsa yozmang va kalkulyatordan foydalanmang. 1000 ni oling. Unga 40 ni qo’shing. Natijaga yana mingni qo’shing. So’ng 30 ni qo’shing. Yana mingni qo’shing. Endi natijaga 20 ni qo’shing. Oxirgi marta mingni qo’shing. So’ng 10 ni qo’shing. Javob nechi bo’ldi.
Matematik mantiqiy savollar va masalalar
13. Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
14. Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
15. Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
16. Stol ustida chizg’ich, qalam, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Varaqda aylana shaklini chizish kerak. Birinchi bo’lib nimani olasiz?
17. Uch odam ketmoqda: 2 ota va 2 o’g’il. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
18. 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
Bunday topishmoqlar ko‘p joyda bor, lekin bu saytdagi to‘plam ancha yaxshi tanlangan ekan. Boshqa mavzularga ham shunday qiziqarli kontent bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.
Assalomu alayko’m. Bu qiziqarli mantiqiy topishmoqlar to’plami juda yaxshi tuzilgan ekan, kelgusidagi ishlaringizga omad tilab qolaman.
Dastlab hammasiga javob topa olmadim, lekin bu menga fikrlashni o‘rganishimga yordam berdi.