Organizmni energiyaga boyituvchi 7 mahsulot

Surunkali charchoq bu — ko‘pchilikda uchraydigan va keng tarqalgan muammo. Unga stress, doimiy uyqu yetishmasligi va, ayniqsa, noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi.

Afsuski, bunday vaziyatlarda dam olish kunlarini to‘liq uyquda o‘tkazish doim ham yordam bermaydi. Buning uchun biz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarga ahamiyat berish lozim. Zero biz yeydigan mahsulotlar organizmda energiya ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynaydi.

Organizmni energiyaga boyituvchi mahsulotlar

Yog‘siz oqsillar — Yog‘siz oqsillar organizmdagi energiya darajasini me’yorda ushlab turish uchun zarurdir. Sport bilan shug‘ullanadigan shaxslar mashg‘ulotlardan keyin charchoqni his qilmaslik uchun kundalik parhezga oqsilga boy mahsulotlarni kiritishi lozim. Jumladan, baliq, tovuq va kurka go‘shtlari to‘yingan, yog‘siz va yuqori sifatli oqsil manbaidir.

Tarvuzni shirin va mazalisini qanday tanlash kerak?

Yangi uzilgan meva va sabzavotlar — Qayta ishlangan oziq-ovqatlarda foydali elementlar va vitaminlar kam bo‘ladi, meva va sabzavotlar esa, aksincha, energiyani oshiradigan ko‘plab ozuqa moddalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, avokado mevasidagi foydali yog‘lar va o‘simlik tolalari tanani energiya bilan ta’minlaydi. Tarvuz organizmda suv tanqisligining oldini oladi. Undagi tabiiy shakar esa energiyani oshirib, charchoq bilan kurashishga yordam beradi.

Kofeinsiz ichimliklar — Kunlik taomnomadan kofeinni to‘liq chiqarib tashlash shart emas, biroq kofeinli ichimliklarni ko‘p ichish organizmda energetik nosozlikka olib kelishi mumkin. Kofe va energetik ichimliklar o‘rniga oddiy toza suv yoki choy ishish tavsiya etiladi. Ular asabiy taranglikni keltirib chiqarmaydi va charchoqni yengillashtirishga yordam beradi.

Kalsiy inson organizmi uchun yetishmasligini 6 belgisi?

Tuxum — Tuxumni oqsil va foydali yog‘larning eng boy manbai deb bejizga aytilmaydi. Fastfud va shakarli taomlar o‘rniga tuxum iste’mol qilish organizmni qisqa vaqtda energiya bilan ta’minlashga yordam beradi.

Yong‘oq va urug‘lar — Yong‘oq va urug‘lar tarkibida energiya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mineral — magniy mavjud. Braziliya yong‘oqlari, kungaboqar urug‘lari ham energiya baxsh etuvchi ajoyib gazak bo‘la oladi. Bundan tashqari, yong‘oq bosh miya faoliyatini yaxshilaydi hamda uyquchanlikni kamaytirishga yordam beradi.

Karam — Karam — energiya almashinuvida asosiy rol o‘ynaydigan kalsiy, foliy kislotasi va B vitaminlariga boy sabzavotdir. Haftasiga 2-3 marta karamdan iborat turli salatlar tayyorlab ko‘rsangiz, vaqt o‘tgani sayin charchoq va uyquchanlik odati kamayib borayotganini his etasiz.

Qon bosimi tushganda uy sharoitida qanday ko‘tarsa bo‘ladi?

Suli yormasi — Suli yormasi past glisemik indeksga ega va o‘simlik tolalari ko‘p bo‘lgan mahsulot bo‘lib, kun davomida energiya darajasini mo‘tadil saqlab turishga yordam beradi. Asosiysi, suli yormasidan bo‘tqa tayyorlaganda unga ko‘p shakar qo‘shmaslik lozim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *