Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilgan 4 mahsulot

Qon bosimining ko‘tarilishiga biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lgan natriy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa bir mineral — kaliy esa uni zararsizlantirishga yordam beradi.

Surunkali yuqori qon bosimi borlarga iloji boricha ko‘proq kaliyga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. The Voice nashri qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Qon bosimi yuqori insonlar uchun mahsulotlar

Qizil bulg‘or qalampiri — Shirin, qarsillaydigan qizil bulg‘or qalampirini iste’mol qiling. Bulg‘or qalampirida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, shuning uchun gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga iloji boricha bu mahsulotni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kuniga ikkita yaxshi pishgan sabzavotni iste’mol qilish qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.

Ko‘z yoshlanishi va qichishishi sabablari hamda davolash usullari

Yog‘siz pishloq — Ushbu foydali mahsulot qomatga zarar bermaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi va kalsiy, magniy va kaliyning ajoyib manbai hisoblanadi. Yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz pishloqni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak: kuniga 100 gramm porsiya pishloq yetarli bo‘ladi.

Qon bosimi baland insonlar uchun mahsulotlar

Suli yormasi — Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga har kuni ertalab suli yormasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Suli yormasining foydali jihatlarini tadqiqotlar tasdiqlangan: u organizmni kuchli antioksidant bo‘lgan selen bilan mukammal ta’minlaydi.

Tizzalarda artrit boshlanayotganidan ogohlantiruvchi simptomlar

Losos balig‘i — Omega-3 yog‘ kislotalarining yuqori miqdori tufayli bu mazali baliq yuqori qon bosimini kamaytirishga samarali yordam beradi. Iloji boricha tez-tez losos balig‘ini iste’mol qilishga harakat qiling: haftasiga 3 marta 100-150 grammdan baliq iste’mol qilinsa, qon bosimi normal darajada saqlanib turadi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *