Bolalar uchun mantiqiy savollar javoblari bilan
Bolalar uchun mantiqiy savollar to’plami javoblari bilan. Bolalar hamda do’stlar davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami.
Risolat buvining Rustam ismli nevarasi, Momiq laqabli mushugi va Qoplon laqabli iti bor. Buvining nechta nevarasi bor?
Karim maktabga boradigan yo’lga 10 daqiqa sarflaydi. Agar u do’sti bilan boradigan bo’lsa, qancha vaqt sarflaydi?
Nimani uchidan tortib, yerdan ko’tarib bo’lmaydi?
Bog’da 8 ta o’rindiq bor edi. Uchtasi bo’yaldi. Bog’da nechta o’rindiq bo’ldi?
Non uch bo’lakka bo’lindi. Nonni necha marta kesishdi?
Kulguli va Fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar
Mening ismim Tohir. Singlimning faqat bitta akasi bor. Singlimning akasining ismi nima?
Yuk mashinasi qishloqqa ketayotgan edi. Yo’lda u 4 ta mashinani uchratdi. Qishloqqa qancha mashina ketayotgan edi?
Qaysi biri yengilroq: 1 kilogramm paxtami yoki 1 kilogramm temir?
Ikki bola 2 soat davomida shashka o’ynadi. Har bir bola qancha vaqt o’ynagan?
Bir haydovchi haydovchilik guvohnomasini olmasdan yo’lga chiqdi. Bir tomonlama harakatlanish belgisi turgan edi, biroq haydovchi qarama-qarshi tomonga qarab yurdi. Yo’l patrul xizmati xodimi uni ko’rdi, ammo to’xtatmadi. Nima uchun?
Mashhur ko’zboylog’ichning aytishiga qaraganda, u xona o’rtasiga butulka qo’yib, uning ichiga emaklab kira olar ekan. Qanday qilib?
Yomg’ir ikki kun ketma-ket yog’ishi mumkinmi?
Qiziqarli mantiqiy topishmoqlar to’plami javoblari bilan
Ikki marta tug’iladi. U nima?
Laylak qachon bir oyoqda turadi?
Nima doim ko’payib boraveradi, hech qachon kamaymaydi?
Nima tayyorlash mumkinu, lekin yeb bo’lmaydi?
Undan qancha olsang, shuncha kattalashaveradi. U nima?
9 qavatli uyning lifti bor. Birinchi qavatda ikkita odam yashaydi, ikkinchi qavatda – 4 ta, uchinchi qavatda – 8 ta, to’rtinchi qavatda – 16 ta, beshinchi qavatda – 32 ta va hokazo. Bu uy liftining qaysi tugmasi hammadan ko’proq bosiladi?
Toqqa boradi, tog’dan keladi, lekin bir joyda turadi. U nima?
Mushuk yerto’ladan ikkita kalla bilan chiqishi mumkinmi?
Devorda 7 ta chumchuq o’tirgtan edi, ulardan birini mushuk tutib oldi. Devorda qancha chumchuq qoldi?
Qiziqarli mantiqiy masalalar to’plami javoblari bilan
Homligicha yeb bo’lmaydi, pishirib bo’lgach esa tashlab yuboriladi. U nima?
Uyingizga mehmon keldi, muzxonada limonad, ananasli sharbat va bitta shishada mineral suv bor. Qay birini birinchi bo’lib ochasiz?
Termometr 15 darajani ko’rsatmoqda. Ikkita shunaqa termometr nechchi darajani ko’rsatadi?
Berish oson, olish qiyin. U nima?
U kerakligida tashlab yuboriladi, kerak emasligida esa ko’tariladi. U nima?