Kishi o‘zini rivojlantirishiga doir kitoblarning asosiy g‘oyalari
Ko‘pchilik o‘z-o‘zini rivojlantirishga oid kitoblarga shubha bilan qarashadi va buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Chunki okeanda suv juda ko‘p bo‘lgani kabi, shunday kitoblarning ichida ham shuncha ko‘p suv bor.
Ushbu kitoblarning har biri qoida sifatida 10% amaliy maslahat va 90% dalil va isbotlardan iborat. Ko‘pincha, muallif nima uchun biz uning maslahatiga amal qilishimiz kerakligini tushuntiradi.
Insoniyat shunday tashkil etilgan. Birinchidan, biz ishonch hosil qilishimiz kerak va faqat keyin qandaydir harakatga ishontirishimiz mumkin. Keling, har bir ilhomlantiruvchi kitobning 10% qiymatini yig‘amiz.
Omadli hamda Omadsiz inson farqlari
Fikrni nazorat qilish kunlik amaliyotni talab qiladi
Ushbu amaliyotni qanday shakllantirishi haqida o‘zingiz qaror qiling. Masalan, o‘zingizni ishontirish, meditatsiya, kundalik yuritib borish va hakoza. Eng asosiysi, ijobiy fikrlashga qadam bosishdir.
Agar aqlingizni nazorat qilsangiz, hayotingizni boshqarasiz
Bu muvaffaqiyatga erishish uchun yozilgan har qanday kitobning asosidir. Bu oddiy haqiqatni yodda tutish va uni amalda qilish oson ish emas, chunki bizning ongimiz doimiy emas. U intizomdan nafratlanadigan quloq solmaydigan bola kabidir.
Maqsadga erishish uchun ijobiy odatlarni shakllantirish kerak
Baxtni his qilish uchun bajarish shart bo‘lgan 3 amal
O‘z odatlaringizni nazorat qilish uchun, siz tizim ishlab chiqishingiz kerak. 5 kilogrammdan ozod bo‘lish – bu maqsad. Kuniga 1200 kilocaloriyadan kam iste’mol qilish – bu tizim.
Birinchidan, maqsadingizni aniqlang, keyin reja tuzing va unga har kuni bajaring. Sizning odatlaringiz kelajagingizni aniqlaydi, shuning uchun siz ularni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishingiz kerak.
O‘z fikrlaringizdan ustun bo‘ling, shunda siz o‘z harakatlaringizni nazorat qilishingiz mumkin
Fikrlash, biror bir ish qilish degani emas. Harakatsiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Shunchaki fikrlash sizni haqiqiy maqsaddan uzoqlashtirmasin. Sizni divandan turishga va harakatga undayotgan fikrlarga e’tibor qarating. Orzu qilmang. Erishing!
Natija vaqt talab qiladi
Sehrli tayoq to‘lqini bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Lekin taslim bo‘lmang! Agar siz har kuni maqsadingizga boradigan bo‘lsangiz, unda bir yil ichida siz erishgan yutuqlaringizdan hayratda qolasiz.
O‘zingizda yaxshilikni olib yuring
Idrokni mukammal shakllantirish uchun 11 tavsiya
Dunyoda juda ko‘p salbiy narsalar mavjud, unga o‘z hissangizni qo‘shmang. Og‘ir kunlar bo‘lsa ham, boshqalarga jaxl qilmang.
Boshqalarni ayblamang
Faqatgina siz o‘z hayotingiz uchun javobgarsiz. Biz har doim ham baxtsizlikni oldini ololmaymiz, ammo bizga qanday ta’sir qilishini aniqlashimiz mumkin.
Har kuni hayot bizga ko‘p imkoniyatlar beradi. Oldimizda har qanday yo‘llar ochiq bo‘lishi mumkin, faqat qadam bosish kerak. O‘zingizni oqlamang, aksincha harakat qiling.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Xiyonatni oshkor etib qo‘yuvchi ba’zi 20 belgilar
- Stressdan tezda qutulish uchun 20 aniq tavsiyalar
- Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo'ladi?
- Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat
- Vaziyatni to’g’ri baholashga yordamlashuvchi 15 dono fikr
- Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri
- Yangi ishga kirgan inson uchun kerakli 5 maslahat
- Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi
- Shaxsiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan 10 qadam
- Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat